В мире

Grin kard lotereyasi qachon paydo bo‘lgan?

Поделиться:
Bugungi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlatida odamlar “Orzular diyori” AQSHga ketish ilinjida Diversity Visa Lottery dasturi uchun hujjatlar to‘ldirmoqda. Axir, har yili 55 000 inson shu tariqa okeanortiga yo‘l oladi.

Ho‘sh, millionlab odamlar intiq kutadigan DV Lottery yoki xalq tilida aytganda Grin Kard lotereyasi qachon paydo bo‘lgan?

Grin Kard hozirgi ko‘rinishga kelguncha, bir necha bosqichlarni bosib o‘tgan. Uning dastlabki ajdodi Amerika hukumatining NP-5 dasturi bo‘lgan. 1986 yilda ishga tushgan loyiha 36 davlatdan yiliga qo‘shimcha 5 000 immigrant jalb qilishga mo‘ljallangan. Biroq u faqat 2 yillik bo‘lgan. Loyihada ishtirok etuvchilar ko‘p bo‘lgani uchun lotereya yana 2 yilga uzaytirilgan va yillik vizalar soni 15 000 taga yetkazilgan.

1990 yilda NP-5 lotereyasini uzaytirish o‘rniga AQSH Kongressi OP-1 dasturini ishga tushirdi. U ham 2 yilga mo‘ljallangandi, biroq 162 davlatni qamrab olardi. U orqali yiliga 10 000 kishi Amerika vizasini olishi mumkin edi. Asosiysi bu dasturda g‘oliblar inson ishtirokisiz, kompyuter tomonidan aniqlanardi.

1990 yildagi Immigratsiya to‘g‘risidagi qonun bilan AA-1 va Diversity Visa Lottery dasturi paydo bo‘ldi. Uch yilga mo‘ljallangan AA-1 dasturi doirasida 34 davlat rezidentlari uchun 40 000 viza ajratildi. Dasturda birinchi marta g‘olibning turmush o‘rtoqlari va farzandlari immigrasion vizalarni olishda ustuvor huquqlarga ega ekani ko‘rsatilgan.

“Diversity Visa Lottery” dasturining avvalgilaridan farqi shundaki, u vaqt bilan cheklanmagan. Amerika har yili dunyoning 200 ta davlatiga 55 000 immigrasion vizalar beradi. Oxirgi 5 yil ichida AQSHga 50 000 dan ortiq rezidenti ko‘chib kelgan davlatlar lotereyada ishtirok eta olmaydi.

Dastlab, lotereyada ishtirok etish uchun ariza istalgan shaklda to‘ldirilgan va AQSHga pochta orqali yuborilgan, o‘sha paytda fotosurat talab qilinmagan. Keyinchalik, firibgarlik holatlari ko‘payib ketgani sababli, arizaga rangli yoki oq-qora fotosuratni ilova qilish talabi qo‘shilgan. Faqat 2005 yildan boshlab arizalar elektron to‘ldirila boshlagan.

Lotereya o‘tkazish boshlanganidan beri uni bekor qilish haqida fikrlar bot-bot bildirilgan. Bunga birinchi marta AQSHning 44-prezidenti Barak Obama urinib ko‘rgan. Keyingi prezident Donald Tramp ham alohida ishtiyoq bilan “Diversity Visa Lottery”ga qarshi chiqqan. Negaki dastur orqali ehtimoliy xavfli odamlar ham AQSHga borishi mumkin.

Bugungi kunda lotereyada ishtirok etish uchun asosiy 3 talab mavjud:

  •   Sizning tug‘ilgan mamlakatingiz lotereyada ishtirok etish huquqiga ega davlatlar ro‘yxatida bo‘lishi kerak;
  •   Siz o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishingiz kerak;
  •   Anketadagi talablarga to‘liq javob beradigan fotosuratni yuklashingiz kerak.

Календарь

«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим

Случайное

Оцените работу движка

Облако тэгов